

Bunyodkor (Toshkent) – Qizilqum (Navoiy)
10 iyun 2016. Toshkent. "Bunyodkor" stadioni. 19:00
Hakamlar: T. To'xtasinov (Andijon), A. Marajabov (Andijon), Z. Abdurahmonov (Andijon), A. Rubakov (Toshkent)
Nazoratchi: S. Ermatov (Toshkent).
UzPFL vakili: A. Inoyatov.
“Bunyodkor” va “Qizilqum” oliy ligada 18 bora to'qnash kelishgan. Ushbu o'yinlardan 15tasida poytaxtliklar g'olib bo'lishgan. 2 o'yin durang hisobida yakunlangan, “Qizilqum” oliy ligada hozirga qadar “qaldirg'ochlar”ni 1 marta mag'lub eta olgan.
“Bunyodkor” shu kungacha o'zaro o'yinlarda “Qizilqum” darvozasiga 44ta gol kiritgan, navoiyliklar esa “qaldirg'ochlar” darvozasini 10 bor ishg'ol qilishgan. “Oltin izlovchilar” o'zaro o'yinlarda 5 ochko ishlab olgan bo'lishsa, “Bunyodkor” 47 ochkoni qo'lga kirita olgan. “Bunyodkor”ning oliy ligada “Qizilqum” ustidan erishgan eng yirik g'alabasi 5:1 ni tashkil qiladi. “Qizilqum”ning yagona va eng yirik g'alabasi - 1:0.
O'tgan mavsum dastlabki davrada Navoiyda o'tgan bahsda Vohid Shodievning 66 va 68-daqiqada urgan gollari “Bunyodkor”ga g'alaba keltirgan – 0:2. Qizig'i o'sha o'yinda Shodiev qizil kartochka ham olgan edi. Toshkentda esa Eldor Shomurodov dublga erishgandi. Navoiy klubi safida Navro'z Alimov super gol muallifiga aylangandi – 2:1.
Toshkentda o'tgan so'nggi besh uchrashuv:
07.08.2015 Bunyodkor - Qizilqum 2:1
15.03.2014 Bunyodkor - Qizilqum 2:1
29.10.2013 Bunyodkor - Qizilqum 4:0
17.11.2012 Bunyodkor - Qizilqum 3:0
09.09.2011 Bunyodkor - Qizilqum 3:1
O'zaro o'yinlar haqida fakt: “Bunyodkor” o'z uyida bo'lib o'tgan 9ta o'yinning 8tasida g'alaba qozongan. 2010 yil “Qizilqum” safarda “qaldirg'ochlar” bilan safarda durang o'ynagan. Oxirgi besh uchrashuvda “Bunyodkor” o'z maydonida bu raqibni faqat mag'lub etgan.



