Prevyu. "Bunyodkor" - "Olmaliq"

Narzulla Saydullayev
16 apr 2016, 10:00
Bugun "Olmaliq" klubi Toshkentda "Bunyodkor" mehmoni bo'ladi.
Bunyodkor (Toshkent) – Olmaliq (Olmaliq)
16 aprel 2016. Toshkent. "Bunyodkor" stadioni. 19:00
Hakamlar:
Z. Qodirov (Navoiy), O. Jumaev (Navoiy), R. Nugmanov (Toshkent), A. Ergashev (Toshkent).
Nazoratchi: S. Ermatov (Toshkent).

Bu ikki klub oliy ligada 16 bora to'qnash kelgan. Ushbu o'yinlardan 11 tasida “qaldirg'ochlar” g'olib bo'lishgan. 3 o'yin durang hisobida yakunlangan. “Olmaliq” shu kungacha “Bunyodkor”ni 2 bor mag'lub etgan.

“Bunyodkor” shu kungacha o'zaro o'yinlarda “Olmaliq” darvozasiga 31ta gol kiritgan. “Olmaliq” esa 15 bora “Bunyodkor” posbonini ranjitgan. “Bunyodkor” shu kungacha o'zaro o'yinlarda 36 ochkoni, “Olmaliq” esa 9 ochkoni qo'lga kiritgan. “Bunyodkor”ning oliy ligada “Olmaliq” ustidan erishgan eng yirik g'alabasi 4:1 ni tashkil qiladi. “Olmaliq” eng yirik muvaffaqiyati esa – 3:1.

O'tgan mavsum “Bunyodkor” maydonida o'tgan o'yindagi yagona golni Eldor Shomurodov raqib darvozasiga urgan – 1:0. Olmaliqda hisobni Vohid Shodiev ochgandi. Ikkinchi bo'limda Shavkat Salomov tomonidan urilgan gol hisobni tenglashtirgan – 1:1.

Toshkentda o'tgan barcha uchrashuvlar:
27.06.2015  Bunyodkor – Olmaliq  1:0
27.03.2014  Bunyodkor – Olmaliq  1:1
18.10.2013  Bunyodkor – Olmaliq  4:1
11.09.2012  Bunyodkor – Olmaliq  2:0
19.05.2011  Bunyodkor – Olmaliq  4:1

O'zaro o'yinlar haqida fakt : “Bunyodkor” o'z maydonida bu raqibga umuman yutqazmagan. Bo'lib o'tgan 8ta o'yinning 7tasida “Olmaliq” mag'lub etilgan. Faqat bir bor (2014 yil) durang qayd etilgan.  

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia