Prevyu. "Andijon" - "Neftchi"

Narzulla Saydullayev
22 iyun 2014
Oliy liganing 13-turidan o'rin olgan vodiy derbisida "Andijon" va "Neftchi" to'qnash kelishadi.
Andijon (Andijon) – Neftchi (Farg'ona)
22 iyun. Andijon. “Sog'lom avlod” stadioni. 18:00
Hakamlar:
V. Seytlin (Toshkent), A. Sapenko (Toshkent viloyati), T. Galeev (Toshkent), V. Najafaliev (Toshkent)
Nazoratchi: V. Valickiy (Toshkent).

“Andijon” va “Neftchi” oliy ligada 40 bor kuch sinashishgan. Katta ustunlik “Neftchi” tomonida. 29 ta o'yinda “Neftchi” raqibni mag'lub etgan. Olti o'yinda “burgutlar”ning qo'li baland kelgan. Yana besh uchrashuvda durang natija qayd etilgan. “Neftchi” o'zaro o'yinlarda 82 bor raqib darvozasiga yo'l topa olgan. “Andijon” esa 34 marta gol ura olgan. “Neftchi” o'zaro o'yinlarda 92 ochkoni qo'lga kiritgan bo'lsa, andijonliklar hisobida 23 ochko mavjud. “Neftchi”ning “Andijon” ustidan qozongan eng yirik g'alabasi – 7:1. “Burgutlar”ning eng yirik g'alabasi esa - 2:0.

O'tgan mavsum “Andijon” birinchi ligada o'ynagandi. 2012 yildagi o'yinlarda qaysi jamoa mezbon bo'lsa o'sha g'olib chiqqan. Andijondagi uchrashuvda tojikistonlik Farhod Tohirovning bahs so'nggida urgan goli mezbonlarga uch ochko taqdim etgandi – 1:0. Farg'onada ham bitta futbolchi gol urgan, biroq Anvar Berdievning o'zi ikki bor “burgutlar” darvozasini ishg'ol qilgan – 2:0.  

Andijonda o'tgan so'nggi besh uchrashuv:
29.04.2012  Andijon – Neftchi  1:0
29.05.2011  Andijon – Neftchi  2:3
27.07.2010  Andijon – Neftchi  1:0
19.09.2009  Andijon – Neftchi  3:2
18.05.2008  Andijon – Neftchi  0:0

O'zaro o'yinlar haqida fakt:  “Andijon” o'z maydonida anchayin kuchli raqiblarni ham mag'lub eta olishini bilamiz. Ammo “Neftchi” ularga juda noqulay raqibdir. “Andijon”ning o'z maydonida “Neftchi”ga qarshi o'tkazgan barcha o'yinlari natijalari quyidagicha : 6 g'alaba, 4 durang, 10 mag'lubiyat.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia