Premer-liganing aprel oyidagi eng yaxshi murabbiyi kim bo'ldi?
Aslanov Jasurbek
12 may 2017
Angliya Premer-ligasi rasmiy sayti chempionatning aprel oyidagi eng yaxshi murabbiyi nomini e'lon qildi.
2017 yilning to'rtinchi oyida APL doirasida o'tkazilgan 6 ta uchrashuvning barchasida g'alaba qozongan "Tottenxem" ustozi Maurisio Pochettino eng yaxshi murabbiy deb topildi. Ushbu uchrashuvlarda "shpor"lar 16 ta gol urishga muvaffaq bo'lishdi.