Premer-liga bosh murabbiylari urush qo'mondonlariga aylanganda (fotogalereya)

Aslanov Jasurbek
12 noya 2016, 12:30
Italiyalik Pupuzzaro grafik dizayner ingliz Premer-ligasi bosh murabbiylarining juda chiroyli tarixiy suratlarini taqdim etdi.


Slaven Bilich - janglarda ko'p askarini yo'qotib, g'alaba qozonadigan qo'mondon. Har doim ham uning himoya qo'rg'oni dushman hujumlariga dosh beravermaydi.



Antonio Konte - qalalarni himoya qilishda unga teng keladigani yo'q. Uning taktikasi ishonchli himoya va qarshi hujum.



Aleks Fergyuson - jangning oxirigacha g'alaba uchun kurashadigan qo'mondon. Ushbu inson urushlarda ko'plab tarixiy g'alabalarga erishgan afsona hisoblanadi.



Xosep Gvardiola - ispancha hujum taktikasini xush ko'ruvchi daho. U Olmoniya va ingliz yurtida ham muvaffaqiyatli yurishlar amalga oshirgan kamdan-kam generallarning biridir.



Yurgen Klopp - eng agressiv qo'shin qo'mondoni. Ushbu inson askarlari ishtirok etgan janglarda dushman taraf yanchib tashlanadi.



Joze Mourinyo - eng yirik urushlarda kuchsiz hisoblangan qo'shin bilan katta g'alabalarga erishgan general. Butun Yevropa undan hayqib turadi.



Maurisio Pochettino - qo'l ostidagi askarlardan qanday foydalanishni yaxshi biladigan iqtidorli qo'mondon. Uning qo'shinlarida asosan yosh askarlar xizmat qiladi.



Klaudio Raneri - ingliz erlarini zabt etgan italiyalik general. Uning ayyorona yurishlari dushmanlarni ko'p marotaba dovdiratib qo'ygan.



Arsen Venger - hech qachon o'z erlarini birovga berib qo'ymaydigan fransiyalik qo'mondon. Uning askarlari ko'p jarohat olishadi, ammo generalning 4 ta qalasi doimo to'pchilar himoyasida.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia