Predrag Rogan: "G'alaba uchun kelgan edik"

Iskandarov Abdulaziz
19 apr 2022
O'zbekiston kubogi guruh bosqichi uchinchi turidan o'rin olgan "Qizilqum" - "Dinamo" (0:0) uchrashuvidan so'ng mehmonlar ustozi Predrag Rogan fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"O'ylaymanki, muxlislar chiroyli futbol ko'riishdi. "Qizilqum" ko'p vaziyatlar yaratdi. O'yin surati yaxshi bo'ldi. Bizda ham gol urish imkoniyat yuzaga keldi. Raqibni keyingi bosqichga chiqqani bilan tabriklayman. Muammolarimizdan xabarimiz bor. Bu esa bizga ishlash, kamchiliklarni to'g'irlash  uchun bitta sabab. Keyingi o'yinlar haqida o'ylashni boshlashimiz kerak. G'alaba uchun kelgan edik. Ikki jamoa ham vaziyatlardan foydalana olmaganligini hisobiga 0:0 bo'ldi",- deydi Rogan. 




Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: championat.asia