Prandelli: "Ilk o'yinlar hal qiluvchi bo'lmaydi"

Narzulla Saydullayev
14 iyun 2014, 16:26
Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi Angliya bilan bo'lib o'tishi kutilayotgan o'yin haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
“Mundial tarixi bizni birinchi o'yinlar hech qachon hal qiluvchi bo'lmaganligiga o'rgatishi kerak. Buning uchun 1994 yil AQSHdagi yoki JARdagi mundilallarning o'zi etadi. Ushanda Ispaniya ilk uchrashuvda Shveytsariyadan mag'lubiyatga uchragan va turnir so'ngida chempionlikka erishgan” – deydi Prandelli.

“Psixologik jihatdan albatta debyut o'yinlar muhim hisoblanadi. G'alaba kayfiyatni ko'tarib, futbolchilarga kuch berishi mumkin. Italiya futbolchilari hozirda o'zini yaxshi his qilishmoqda. Biz yaxshi tayyorlandik va o'yinga tayyormiz”.

“Biz jahon chempionatiga va Angliya bilan o'yinga tayyormiz. Jamoa psixologik va jismoniy jihatdan ko'rinishi yaxshi”.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: football.ua