

Musobaqa davomida Markaziy Osiyodagi kamida "V" toifaga ega murabbiylar uchun o'quv kurslari ham tashkil etilmoqda. Bugun poytaxtimizdagi "City Palace" mehmonxonasida seminarga start berildi.
Bu o'quv kurslarida Markaziy Osiyo futbol assotsiatsiyasiga a'zo mamlakatlarning 2 nafardan vakili hamda o'zbekistonlik murabbiylar ishtirok etishmoqda. O'quv kurslarini OFK instruktori Islom Ahmedov va OFK texnik qo'mitasi a'zosi Shovkat Imamovlar olib borishyapti.
O'quv kurslari davomida ishtirokchilar bilan nazariy va amaliy mashg'ulotlar o'tkaziladi.




