Postekoglu "Tottenxem"ning transfer rejalari haqida gapirdi

Narzulla Saydullayev
27 dek 2023
"Tottenxem" bosh murabbiyi Angelos Postekoglu klubning qishki transfer oynasida markaziy himoyachi bilan shartnoma imzolash rejasi haqida gapirdi.

"Chap oyoq yoki o'ng oyoq - farqi yo'q. Bu to'g'ri o'yinchi bo'lishi kerak. Bizga tarkibning kengligini yaxshilash va rotaciya imkoniyati uchun bu poziciyaga yana bir ijrochi kerak", - deydi Postekoglu.

Hozirda "Tottenxem"ning birinchi jamoasida to'rt markaziy himoyachi bor - Kristian Romero, Miki van de Ven, Erik Dayer va Eshli Fillips. Markazda shuningdek chap himoyachi Ben Devis ham o'ynashi mumkin.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano