Portugaliyaning asosiy darvozaboni "Napoli"da tibbiy ko'rikdan o'tdi

Tolibjon Qosimov
23 may 2018, 10:12
"Sporting" darvozaboni va sardori Ruy Patrisiu "Napoli"ga o'tishga juda yaqin.

Bu haqda "Rai Sport" xabar berdi. Manbaning ma'lumotiga ko'ra, portugaliyalik kiper italyan klubida tibbiy ko'rikdan o'tgan. Patrisiu bilan 4 yillik shartnoma imzolanishi kutilmoqda. Mana shu vaqt ichida u 8 million evro ishlab oladi.

30 yoshli darvozabon "Sporting" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi va butun faoliyatini aynan shu jamoada o'tkazgan. Uning jamoadan ketishiga muxlislar bilan kelishmovchilik sabab qilib ko'rsatilmoqda. Yaqindagina jamoaning 50ga yaqin muxlisi klub bazasiga bostirib kelgan va futbolchilarni kaltaklashgan edi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: raisport.rai.it