

Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Fernandu Santush qabul qilgan qarorga ko'ra, Krishtianu Ronaldu, Rafael Gerreyru va Joau Moutinyu Millatlar Ligasining 4-turidan o'rin olgan Shveytsariyaga qarshi bahsni o'tkazib yuboradi.
Shveytsariya – Portugaliya o'yini 12 iyun kuni Toshkent vaqti bilan 23:45 da boshlanadi.



