Portugaliya termasining JCH-2022 saralash bosqichining pley-off uchrashuvlari uchun qaydnomasi ma'lum qilindi

Narzulla Saydullayev
17 mar 2022, 23:20
Portugaliya pley-offning yarim final bosqichida Turkiya bilan o'ynaydi.

Portugaliya terma jamoasining JCH-2022 pley-off uchrashuvlari uchun qaydnomasi aniq bo'ldi. Tarkib quyidagicha:

Darvozabonlar: Antoni Lopesh (Lion), Diogu Meyrelesh Koshta (Portu), Ruy Patrisiu (Roma);

Himoyachilar: Sedrik Soaresh (Arsenal), Joau Kanselu (Manchester Siti), Diogu Dalot (Manchester Yunayted), Gonsalu Inasiu (Sporting), Joze Fonte (Lill), Pepe (Portu), Nunu Mendesh (PSJ), Rafael Gerreyru (Borussiya Dortmund);

Yarim himoyachilar: Danilu Pereyra (PSJ), Mateush Nunesh (Sporting), Villyam Karvalyu (Betis), Ruben Nevesh, Joau Moutinyu (ikkala o'yinchi ham Vulverxemptondan), Brunu Fernandesh (Manchester Yunayted), Otavio (Portu), Bernardu Silva (Manchester Siti);

Hujumchilar: Joau Feliks (Atletiko), Andre Silva (RB Leyptsig), Krishtianu Ronaldu (Manchester Yunayted), Diogu Jota (Liverpul), Gonsalu Gedesh (Valensiya), Rafael Leau (Milan).


Ma'lumot uchun,  Portugaliya 24 mart kuni pley-offning yarim final o'yinida Turkiyaga qarshi maydonga tushadi. G'olib 29 mart kuni Italiya va Shimoliy Makedoniya termalari o'rtasidagi o'yinda ustun kelgan jamoa bilan o'ynaydi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: www.fpf.pt