Portugaliya terma jamoasi xavbeki: "Ispaniya chempionatida o'ynashni orzu qilaman"

Alisher
29 okt 2020, 11:00
Portugaliyalik La Ligada o'ynamoqchi.

"Sporting" va Portugaliya terma jamoasi yarim himoyachisi Joau Mariu Ispaniya chempionatida juda ham to'p tepishni xohlashini aytdi.

"Ispaniya chempionati mening xususiyatlarimga mos keladi. U yerda yaxshi futbol o'ynaladi. Bu hayotda amalga oshirmoqchi bo'lgan orzuim va bu balki ro'y berar.

4-3-3'dagi taktikada men o'zimni ancha qulay his qilaman. Shunday sxemada menga qulayroq", - deydi Mariu.

"Inter" sobiq o'yinchisi bundan oldin ham La Ligada o'ynashni xohlashini yashirib o'tirmagandi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: football-italia.net