

“Albatta. Ronaldu o'zini qaytadan kashf qildi. Ronaldu MYUda qanot vingeri bo'lib harakat qilgandi. Hozirga kelib esa u jarima maydonchasida raqibni shoshirib qo'yadigan haqiqiy hujumchiga aylandi. Shuningdek uning juda katta tajribasi ham bor”,-dedi Portugaliya terma jamoasi ustozi.
Eslatib o'tamiz, o'tgan yil davomida Ronaldu barcha rasmiy o'yinlarda 54 ta gol urishga erishdi va boshqa hech bir futbolchi uning ko'rsatkichidan yaxshiroq natija qayd etmadi.


