Portugaliya JCH-2022 oldidan yosh xavbekini yo'qotdi

Sherzod Nurmatov
8 okt 2022, 11:12
"Vulverxempton" va Portugaliya terma jamoasi yarim himoyachisi Pedru Netu jarohati sabab Qatarda bo'lib o'tadigan mundialni o'tkazib yuboradi.

Bu haqda Angliya klubi rasmiy sayti xabar berdi.

Futbolchi tizzasidan shikastlangan va tez orada operaciya qilinadi. Tiklanish davri bir necha oy davom etadi.

22 yoshli Netu joriy mavsum "Vulverxempton" tarkibida 9 ta o'yinda harakatlandi. U 2020 yildan buyon Portugaliya terma jamoasida 3 ta o'yin o'tkazib, 1 ta to'p kiritgan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: wolves.co.uk