Portugaliya - Ispaniya. Xet-trikka erishgan Ronaldu uchrashuvning eng yaxshi o'yinchisi

16 iyun 2018, 07:32
Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Jahon chempionati “B” guruhidan o'rin olgan Ispaniyaga qarshi uchrashuvning eng yaxshi o'yinchisi deb topildi.

Sochidagi “Fisht” stadionida kechgan o'yin 3:3 hisobidagi jangovar durang natijasi bilan yakunlandi. Ronaldu esa uchrashuvda xet-trikka erishdi.

Portugaliya terma jamoasi 2-turda Marokashga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv 20 iyun kuni Moskvadagi “Lujniki” stadionida(17:00) bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Manba: FIFA