

Portugaliya terma jamoasi 16 yildan beri birinchi marta Jahon chempionatini g'alaba bilan boshladi. Birinchi turda Gana 3:2 hisobida mag'lub etildi.
Bundan avval Portugaliya 2006 yilda Jahon chempionatining birinchi turida g'alaba qozongandi. O'shanda Angola 1:0 hisobida mag'lub qilingan. Germaniyadagi o'sha mundialda portugallar yarim finalga qadar yetib borishgan.



