"Portu" Kasilyasni BAAga berib yubormoqchi emas

Mirjalol Normatov
17 apr 2018, 14:05
"Portu" prezidenti Jorje Nunu Pintu da Koshta darvozabon Iker Kasilyasni saqlab qolmoqchi.

36 yoshli darvozabonning jamoa bilan shartnomasi ushbu mavsum o'z yakuniga etadi.

"Ikerning biz bilan qolishini istaymiz. U "Portu"dan ekanligidan xursandmiz. U a'lo darajadagi darvozabon, yaxshi inson va bizga kerakligini ko'rsatdi. Albatta, uning qolishiga kafolat bera olmayman, biroq shunday bo'lishini istayman", - dedi u.

Oldinroq uning xizmatlariga BAAning "Al Ahli" jamoasi tomonidan qiziqishlar bo'layotgani borasida ma'lumotlar berilgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: soccernews.ru