“Portu” hujumchisi “Lokomotiv M”ga o'tishi mumkin

Eldor Akmurzayev
9 sen 2020, 21:55
“Portu” forvardi Tikino agenti Lusio Arauzio mijoziga Moskva klubi tomonidan qiziqish bo'layotganini ma'lum qildi.

“Darhaqiqat, muzokaralar olib bormoqdamiz va uning detallarini o'rganmoqdamiz. Aytishim mumkinki, “Lokomotiv” hanuzgacha “Portu”ga rasmiy taklif yuborgani yo'q. Keling, keyin nima bo'lishini ko'ramiz. Tikinoning Rossiyaga borish ehtimoli bor", dedi agent.

Avvalroq, “temiryo'lchilar” 29 yoshli braziliyalik uchun “Portu”ga 10 mln evro taklif qilgani haqida xabarlar tarqalgandi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: euro-football.ru