“Portu” bosh murabbiyi: “Atletiko” ham “Zenit” ham “Austriya”ga qarshi o'yinda qiyinchilikka duch kelishi mumkin”

Tolibjon Qosimov
19 sen 2013, 18:00
“Portu” klubi bosh murabbiyi Paulu Fonseka, Chempionalr ligasi guruh bosqichi doirasida “Austriya”ga qarshi bahsdan so'ng (1:0), o'yin borasidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
“Jamoadan mamnunman, chunki zarur bo'lgan g'alabani qo'lga kirita oldik. Qiyinchilikka duch kelgan bo'lsakda, biz oldimizga qo'ygan maqsadga erishdik.

“Austriya” – katta tajribaga ega jamoa,  shuning uchun klub bizga asosan debyut uchrashuvida katta qiyinchilik tug'dirdi. Lekin biz aqilli futbol namoyish etdik va g'alaba qozondik. Bo'lib o'tgan o'yinda o'z tajribasi bilan o'yin vaziyatini o'zgartira olgan Luchoga katta raxmat aytaman.

Aniq ayta olaman, agar “Austriya” bizga qarshi o'ynagan o'yinini ko'rsata olsa, “Atletiko”ga ham “Zenit”ga ham bu klub qarshi bahsda qiyin bo'ladi. 


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sports.ru