"Portu" 90+19-daqiqada mag'lubiyatdan qutilib qoldi

Omonjon To`xtamirzayev
4 sen 2023
"Portu" Primeraning 4-turi doirasida "Aroka"ga qarshi o'ynadi (1:1).

Mehmonlar 83-daqiqada hisobni ochishdi - Kristo Gonsales gol muallifi. O'yinning asosiy vaqtiga 17 daqiqa qo'shib berildi. Natijada, jamoalar yana 20 daqiqadan ko'proq o'ynashdi. 

90-daqiqada mehmonlar darvozasi tomon penalti belgilandi, lekin bosh hakam Migel Nogeyra texnik muammolar tufayli VAR-markazidagilar bilan bog'lana olmasligi oqibatida o'yinda to'xtalish sodir bo'ldi. Oxir-oqibat hakamga mobil telefon berishdi va u hamkasblari bilan telefon orqali bog'lanib, o'n bir metrlik jarima zarbasini bekor qildi.

"Portu" 90+15-daqiqada penalti tepish huquqiga baribir ega bo'ldi, biroq undan foydalana olmadi. Oradan yana to'rt daqiqa o'tib, 90+19-daqiqada "Portu" hisobni tenglashtirishni amalladi.

Eslatib o'tamiz, Serjiu Konseysau shogirdlari Portugaliya chempionatida 2-o'rinni egallab turishibdi, jamoa hisobida 10 ochko bor. "Aroka" esa 6 ochko bilan 7-o'rinda bormoqda.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia