“Portu” - 21 karra Portugaliya Superkubogi sohibi!

Aziz Tukhtamuradov
5 avg 2018, 07:16
“Portu” klubi o'z tarixida 21-marotaba Portugaliya Superkubogini qo'lga kiritib, bu boradagi milliy rekordni yangiladi.

“Munisipal-di-Aveyru” stadionida kechgan uchrashuvda Serjiu Konseysau shogirdlari “Avesh” jamoasi ustidan irodali g'alabaga erishishdi – 3:1. G'olib jamoa tarkibida Yasin Braimi, Maksimilyano Pereyra va Xesus Korona kiritilgan gollarga mualliflik qilishdi. 

Yagona javob to'pi “Avesh” futbolchisi Klaudio Falkan hisobiga yozildi. “Avesh” 21-asrda umuman “Portu”ni mag'lubiyatga uchratmagan ekan. “Portu” so'nggi besh yilda ilk bor Superkubok sohibiga aylandi. So'nggi 4ta Kubokdan 3tasini “Benfika” qo'lga kiritgan edi.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif