Polvonov, Magerramov va Rihsiboev "Olmaliq"da

Narzulla Saydullayev
7 iyul 2017
"Olmaliq" klubining Minsk shahridagi yig'ini davom etmoqda.

Viktor Kumikov boshchiligidagi jamoa safiga uch nafar yangi futbolchi qo'shildi.

"Sho'rtan" hujumchisi Zafar Polvonov, "Metallurg" himoyachisi Vusol Magerramov va "Obod" yarim himoyachisi Sanjar Rihsiboev ayni paytda "Olmaliq"ning yig'inida ishtirok etishmoqda.

Oldinroq Farhod Tojiev va Lutfulla To'raev ham "Olmaliq"qa o'tishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia