Polsha murabbiyi: "Ikkala golni ham xato tufayli o'tkazib yubordik"

Aslanov Jasurbek
19 iyun 2018, 23:37
Polsha terma jamoasi ustozi Adam Navalka Senegalga qarshi JCH-2018 1-tur uchrashuvidan (1:2) so'ng, o'yin haqida fikr bildirdi.

"Mag'lubiyatning asosiy sababi nima ekanligini aytish qiyin. Salbiy tomonlarimiz ko'p edi.

O'ylaganimizdek o'ynay olmadik. Reja ish bermadi. Hujum chizig'imizning bor kuchini ko'rsatmoqchi edik. Ko'proq to'pga egalik qildik, ammo nima foyda? Tabloda hisob boshqa.

Jamoamizning hech bir futbolchisi yaxshi o'ynadim deya olmaydi. Aniqdik yetishmadi. Ayniqsa birinchi bo'lim ko'ngilni xira qildi.

Har safar xatolarimiz tufayli gol o'tkazdik. Jahon chempionatida hech kim sizni kechirmaydi.

Ikkinchi o'tkazgan golimiz tushunmovchilik. Krixovyak tibbiy xizmatdan so'ng maydonga tushgan futbolchlini ko'rmadi.

Futbolimiz sifati bunday emas, biz yaxshiroq o'ynay olamiz.

Oldinda Kolumbiyaga qarshi bahs bor. Sodir bo'lgan voqeani muhokama qilib, tiklanish kerak.

Glik o'ynaydimi? Hozircha bu savolga javobim yo'q. Shifokorlar nima desa shu" - deydi Navalka.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: sports.ru