Polsha – Armaniston. Levandovski ketma-ket 8-o'yinda gol urdi

Narzulla Saydullayev
12 okt 2016
Polsha hujumchisi Robert Levandovski JCH-2018 saralashi doirasiida Armanistonga qarshi o'yinda to'p kiritdi (2:1).

Shu tariqa, Levandovski Jahon va Yevropa chempionatlari saralashidagi ketma-ket 8-uchrashuvda gol urishga muvaffaq bo'ldi.

Bu saralash bosqichida hujumchi beshinchi golini urdi va to'purar Krishtianu Ronalduga yetib oldi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: twitter.com/EuroQualifiers