Polsha 12 yil ichida ilk bor yirik mag'lubiyatga uchradi

Aziz Tukhtamuradov
9 iyun 2022, 08:35
Polsha terma jamoasi 12 yil ichida ilk marotaba yirik mag'lubiyatni qabul qilib oldi.

Kecha Cheslev Mixnevich jamoasi Millatlar ligasining ikkinchi turida Belgiyaga 1:6 hisobida yutqazdi. 

Bu polshaliklar uchun 2010 yildan keyingi ilk yirik mag'lubiyat hisoblanadi. 12 yil oldin ular o'rtoqlik o'yinida Ispaniyaga 0:6 hisobida mag'lub bo'lishgan ekan. 

Belgiya uchun esa ushbu g'alaba 2021 yilning mart oyidan so'ng navbatdagisi bo'ldi. O'shanda ular JCH saralashi doirasida Belarusni 8:0 hisobida mag'lub etishgandi. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Opta Sports