Pol Pogba: "Fransiya terma jamoasini uzoqdan qo'llab-quvvatlayman!"
Narzulla Saydullayev
11 noya 2022, 10:55
"Yuventus" yarim himoyachisi Pol Pogba Fransiya terma jamoasiga bo'lajak mundial oldidan omad tiladi. Xavbek jarohat tufayli Jahon chempionatiga bora olmaydigan bo'ldi.
"Demak taqdirim shunday ekan. O'z jamoam, o'z xalqim, o'z mamlakatimni uzoqdan qo'llab turaman, ammo mening yuragim ular bilan! Qatarda o'ynaydigan barcha futbolchilarimizga omad tilayman", - deb yozadi Pogba ijtimoiy tarmoqda.