Pol Merson Arteta va Mourinyoni solishtirdi

Mirjalol Normatov
9 apr 2021
Angliya termasining sobiq futbolchisi Pol Merson "Arsenal"ning "Liverpul"ga yirik hisobda mag'lub bo'lgani haqida gapirdi.

"Men ko'rgan eng yomon o'yin. Odamlar Unai Emerining davrini gapirishni yaxshi ko'rishadi. Ammo uning davrida faqatgina darvozabonga pas oshirilardi.

Arteta va Mourinyo mag'lub bo'lganida ikkisi o'zini ikki xil tutadi. Arteta doimo mag'lubiyatda o'zini ayblasa, Mourinyo aybni futbolchilarga to'nkaydi. Farq shundaki, biri yangi murabbiy, biri futboldagi barcha sovrinlarni yutgan", - dedi Merson.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Daily Mail