Pogbaning “Yuventus”dagi maoshi ma'lum. U 3 yillik shartnoma imzolaydi

Eldor Akmurzayev
21 may 2022, 09:40
Pol Pogba MYUni erkin agent sifatida tark etmoqda.

Italiyaning bir qator nashrlari xabar berishicha, Pogba “Yuventus”ga qaytadi va 3 yillik shartnoma imzolaydi. 29 yoshli xavbek har mavsum uchun 10 mln evro maosh olishi ko'zda tutigan.

Avvalroq, francuzga PSJ, “Man Siti” va “Real” qiziqayotgani xabar qilingandi.

U 2012-2016 yillarda turinliklar sharafini himoya qilgan. Joriy mavsum esa futbolchi “qizil iblislar” libosida 27 o'yinda 1+9 natijaga erishdi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport, Sportitalia