Pogba "Yuventus" bilan shartnoma imzolash uchun shanba kuni Turinga uchadi

Alisher
6 iyul 2022, 14:15
Yarim himoyachi Pol Pogba ushbu dam olish kunlarida Turinga uchadi.

Jurnalist Fabricio Romanoning xabariga ko'ra, 9 iyulda 29 yoshli francuz "Yuventus" bilan shartnoma imzolaydi.

Pogba ayni damda erkin agent hisoblanadi, uning oldingi jamoasi "Manchester Yunayted" edi.

O'yinchi o'tgan mavsum "qizil iblislar" tarkibida 26ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 9ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano