Pogba uchun asosiy da'vogar klub nomi ma'lum qilindi

Mirjalol Normatov
20 fev 2022, 15:15
"Manchester Yunayted" futbolchisi Pol Pogba faoliyatini vatanida davom ettirishi mumkin.

"Todofichajes" xabariga ko'ra, PSJ futbolchiga yiliga 16 million evro maosh berishdan tashqari, 5 yillik shartnoma taklif qilmoqda. Shuningdek, moliyaviy tomonlama futbolchining istaklari ham eshitilishi mumkin.

Oldinroq "Yuventus" futbolchisini qaytarishni o'ylayotgani borasida ma'lumotlar tarqagandi.

Pogbaning MYU bilan kelishuvi ushbu yozda yakuniga etadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Todofichajes