Pogba Rayan Babel rekordini takrorladi

Aslanov Jasurbek
11 avg 2018, 15:59
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Pol Pogba "Lester Siti"ga qarshi APLning 1-tur uchrashuvida gol urib "Liverpul" forvardi Rayan Babel natijasini takrorladi.

Pogba gol urgan so'nggi 11ta uchrashuvda mankunianlar g'alabaga erishdi. Oldinroq, xuddi shunday seriya bilan 2007-2011 yillarda "Liverpul" sharafini himoya qilgan Babel maqtana olar edi.

Pogbaning "Lester" darvozasiga urgan goli uchrashuvdagi birinchisi bo'ldi. Keyinroq Lyuk Shou farqni oshirdi, "tukilar" hujumchisi Jeymi Vardining goli bahs natijasiga ta’sir qilmadi.

Fransiyalik futbolchi APLda 12ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.com