Pogba MYUda baxtli emas, u kelajagi haqida o'ylab qoldi

Aslanov Jasurbek
15 fev 2018, 13:15
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Pol Pogba ingliz klubidagi holatidan mamnun emas.

Ma'lumotlarga ko'ra, fransiyalikning jamoa bosh murabbiyi Joze Mourinyo bilan munosabatlari buzilgan. Portugaliyalik mutaxassis "Tottenxem" va "Nyukasl"ga qarshi bahsda xavbekni almashtirdi, "Xaddersfild" bilan o'yinda Pogbani zaxirada qoldirdi. Pol Pogba "Manchester Yunayted"da o'zini baxtli his qilmayapti va klubdan ketish haqida o'ylab qoldi.

Joriy mavsum 24 yoshli yarim himoyachi APLning 17ta uchrashuvida 3ta gol urdi va 9ta golli pas berdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: L’Equipe