Pogba: "MYU uy uchrashuvlarida faqat hujum qilishi kerak"

Aslanov Jasurbek
24 sen 2018, 16:15
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Pol Pogba "Vulverxempton"ga qarshi bo'lib o'tgan APLning 6-tur uchrashuvidagi (1:1) muammolar haqida fikr bildirdi.

"Vulverxempton" bilan yaxshiroq o'ynashimiz kerak edi. Biz uy uchrashuvlarida faqat hujum qilishmiz kerak. Bu "Old Trafford" va biz hujumga o'tishga majburmiz.

Uydagi 3ta uchrashuvda bor-yo'g'i 4 ochko to'pladik - bu kam. Munosabatimizni o'zgartirishimiz kerak, chunki o'tgan mavsum "Tottenxem", "Liverpul", "Chelsi" va "Arsenal" kabi jamoalarga qarshi bahslarda biz hujum qildik. Shunday o'ynasak muammolarimiz kamayadi va bizga oson bo'ladi" - deydi Pogba.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Goal.com