Pogba Madridda ekanligi tasdiqlandi

Aslanov Jasurbek
2 avg 2016, 14:32
"Yuventus" yarim himoyachisi Pol Pogba borasida mish-mishlar ko'payib bormoqda.

Oldinroq yetakchi britan nashrlari Pogbaning "Manchester Yunayted"da tibbiy ko'rikdan o'tishini tasdiqlagan edi. Ammo "France Football" bergan ma'lumotlarga ko'ra, Pol Angliyaga emas, "Real" yangi mavsumga tayyorlanayotgan Nyu-Yorkka uchib ketganini e'lon qildi.

Pol Pogbaning muxlislaridan biri futbolchi bilan selfiga tushib, fransiyalikning Nyu-Yorkka yetib kelganini tasdiqladi.


"Men bilan Nyu-York shahriga uchayotganlar orasida 100 mln. funtlik Pol Pogba borligiga guvoh bo'ldim. Undan "Manchester Yunayted"ga o'tishi borasidagi mish-mishlar haqida so'radim, u esa kulib qo'ydi va ketdi..." - deb yozadi ishqiboz o'zining "Instagram"dagi sahifasida.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia