Pogba: "Arsenal"ning Yevropa ligasidagi charchog'i MYUga yordam beradi"

Mirjalol Normatov
29 apr 2018, 14:15
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Pol Pogba APL 36-turi doirasida "Arsenal"ga qarshi o'yindan oldingi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Manchester Yunayted" kuchli jamoa ekanligini isbotladi. Biz kuchli raqiblar bilan chiroyli o'yin namoyish qildik. Endi shu ruhni saqlab qolgan holda davom etishimiz kerak.

"Arsenal" yaqindagina "Atletiko"ga qarshi o'yin o'tkazdi. Ularning o'sha uchrashuvdagi charchog'i bizga yordam beradi. Shuningdek, ular yana "Atletiko" bilan bahs olib borishadi. Bu ham bizning foydamizga. Biroq oldinda bizni juda qiyin bahs kutib turibdi", - dedi Pogba.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal.com