Pogba 3 oy maydonga tusha olmaydimi? Mourinyo bu haqda ma'lumot berdi

Aslanov Jasurbek
18 sen 2017, 14:14
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourinyo ingliz OAVda tarqalgan, Pol Pogba jarohat tufayli uch oy maydonga tusha olmasligi haqidagi ma'lumotni rad etdi.

Avvaliga 24 yoshli futbolchining oyoqqa turishi uchun 6 hafta kerak bo'lishi ma'lum qilingan edi, biroq The Times nashri Pogba 3 oy o'ynamasligini e'lon qildi.

"U 12 oymi yoki 12 kun o'tkazib yuborishini bilmayman. Har qanday mish-mish yolg'on, chunki uning oyoqqa turib ketishiga qancha vaqt kerak bo'lishini bilmaymiz. Mushak holati tufayli bir hafta kutishga qaror qildik, shunda uning jarohati darajasini bilib olamiz. Klubdagi hech kim 12 kun yoki 12 hafta haqida gapirayotgani yo'q. Chiqayotgan mish-mishlarning bari yolg'on" - deydi Mourinyo.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sports