Pochettino yozgi transfer oynasida 150 mln. funt sarflashga umid qilmoqda

Aslanov Jasurbek
19 apr 2019, 14:31
"Tottenxem" bosh murabbiyi Maurisio Pochettino yozgi transfer oynasida tarkibni kuchaytirish uchun 150 mln. funt sarflashga umid qilmoqda.

"Shporlar" avvalgi ikki transfer oynasida bir funt ham sarflashmadi, biroq Chempionlar ligasining yarim finaliga chiqishdi.

Ma'lumotlarga ko'ra, argentinalik murabbiy yozgi transfer oynasida 5 nafar futbolchi xarid qilmoqchi. Ammo jamoa vakillari Tobi Alderveyreld va Kristian Eriksenlarning klubdagi kelajagi noma'lum.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Daily Mail