Pochettino: "Real"da ishlash imkoniyatidan mahrum bo'ldim deb hisoblamayman"

Mirjalol Normatov
18 mar 2019, 22:10
"Tottenxem" bosh murabbiyi Maurisio Pochettino "Real"da ish boshlashi mumkinligi borasidagi savolga javob berdi.

"Real"da ishlash imkoniyatidan mahrum bo'ldim deb hisoblamayman. "Tottenxem"da baxtliman, bu klub bilan 4 yillik shartnomam bor. Hozirda ko'plab yolg'onlarni eshitmoqdaman. Murabbiylar va futbolchilar haqidagi xabarlarning 90 foizi g'irt yolg'on va bo'xton", - dedi argentinalik.

Oldinroq Pochettino "Real"ni boshqarishi borasida ma'lumotlar berilgandi. Ammo o'tgan haftada Zinedin Zidan "Real"ga qaytdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal