Pochettino "Real" haqida: "Xuddi xotining bilan ketayapsanda, senga esa boshqa ayol termulib turibdi"

Aslanov Jasurbek
3 noya 2018, 15:21
"Tottenxem" bosh murabbiyi Maurisio Pochettino unga "Real" tomonidan bo'layotgan qiziqish haqida fikr bildirdi.

Eslatib o'tamiz, oktyabr oxirida "Real" Xulen Lopetegi bilan shartnomani bekor qilgan edi. Ayni damda Santyago Solari bu vazifani bajarmoqda.

"Bu nimaga o'xshashini hozir tushuntirib beraman. Xuddi xotining bilan ketayapsanda, senga esa boshqa ayol termulib turibdi. Xotinim havotirlanish o'rniga, men bilan faxrlanadi. U sen bilan birgaligidan baxtli bo'lib, seni yanada kuchliroq yaxshi ko'radi" - deydi Pochettino.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Guardian