Pochettino: "Messisiz hamma yarim finalchilarning imkoniyati teng"

Aslanov Jasurbek
30 apr 2019
"Tottenxem" murabbiyi Maurisio Pochettino Chempionlar ligasi yarim finalchilarining turnirda g'olib bo'lish imkoniyatlariga baho berdi.

"Chorak final o'yinlaridan xulosa chiqaradigan bo'lsak, favorit yo'q.

Ammo tarkibida Messi bor jamoani favorit emas deb bo'lmaydi. Agar argentinalik forvard bu jamoada bo'lmaganida, hammaning imkoniyati teng bo'lardi" - deydi Pochettino.

Eslatib o'tamiz, Chempionlar ligasi yarim finalida "Tottenxem" "Ayaks" bilan "Barselona" esa "Liverpul"ga qarshi o'ynaydi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Goal.com