Pochettino "Manchester Siti"da Gvardiolaning o'rnini egallashi mumkin

Alisher
17 avg 2020, 16:07
"Manchester Siti" bosh murabbiylikka Maurisio Pochettino variantini ko'rib chiqmoqda.

Xabarlarga ko'ra, Xosep Gvardiolaning shartnomasi tugashiga 10 oy qoldi. Ammo, Gvardiola ayni damda klubda qolishni rejalashtirmayapti. Bundan tashqari "Manchester Siti" rahbariyati Chempionlar Ligasidagi muvaffaqiyatsizlikka qaramay, Gvardiolaning jamoada qolishini xohlamoqda.

Oldinroq xabar berilganidek, Pochettinoga "Barselona", "Yuventus" va "Nyukasl" klublari ham qiziqish bildirmoqda.

Maurisio so'nggi bor Londonning "Tottenxem" jamoasida ishlagan va u yerdan o'tgan yilning noyabr oyida ketgan edi. Uning o'rnini esa Joze Mourinyu egallagan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: The Sun