Pochettino: "Mag'lubiyatga loyiq emasdik"

Narzulla Saydullayev
12 dek 2014, 09:30
"Tottenxem" ustozi Maurisio Pochettino Yevropa ligasi 6-turi doirasidagi "Beshiktosh"dan uchralgan (0:1) mag'lubiyatdan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.
"Juda ham g'azabdaman, sababi biz mag'lubiyatga loyiq emasdik. Ammo futbolda vaziyatlardan foydalanish kerak.

Mehnat qilishda davom etishimiz lozim, endi e'tibor Premer-Ligaga qaratiladi.

Maqsadimiz Yevropa ligasida g'olib chiqish. Biroq guruhda birinchi bo'la olmaganimizdan afsusdaman", - deydi Pochettino.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: soccer.ru