Pochettino Keynning sog'ligi bilan tavakkal qilmoqchi emas

Aslanov Jasurbek
18 avg 2018, 17:25
"Tottenxem" bosh murabbiyi Maurisio Pochettino hujumchi Garri Keynning holati haqidagi savolga javob berdi.

Yozda o'tgan jahon chempionatida Angliya terma jamoasi sharafini himoya qilgan Keyn APL startidan 5 kun oldin jamoaga qaytdi.

"Har bir fikrni hurmat qilaman. Futbolchilarning tayyorgarligi qanday o'tishini ayta olmaymiz. Chetdan turib futbolchi o'zini qanday his qilayotganini bilmaymiz.

Garri Keynning sog'ligi bilan tavakkal qilmaymiz. Agar u tayyor bo'lmasa, maydonga tushmaydi. Bizda har futbolchining holatini kuzatadigan 25-30 kishi bor" - deydi Pochettino.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Telegraph