Pochettino g'alabadan ham mamnun emas

Mirjalol Normatov
9 yanv 2019, 11:11
"Tottenxem" bosh murabbiyi Maurisio Pochettino Angliya liga kubogining 1/2 finali doirasida "Chelsi" ustidan qozonilgan g'alabadan keyingi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Biz raqibga mag'lub bo'lmadik. Ammo ular bizdan ko'ra ko'proq ishtiyoq bilan o'ynashdi. Gol urdik va bundan xursandman. Aynan shundan keyin yaxshi o'yin ko'rsatishni boshladik. Agarda biroz harakat qilganimizda ikkinchi golni ham kiritgan bo'lardik. G'alaba qozongan bo'lsak-da, o'yin taqdiri hal bo'lmadi.

VAR tizimi menga yoqmaydi. Jahon chempionati, LaLiga o'yinlarida kuzatyapman, barcha bu tizimdan mamnun emas. Shu boisdan "Chelsi"ni ushbu tizim orqali mag'lub etganimiz menga yoqmayapti", - dedi Pochettino.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sky Sports