Pochettino: "CHL finalidan so'ng kelajagim haqida suhbatlashamiz"

Aslanov Jasurbek
11 may 2019, 18:45
"Tottenxem" bosh murabbiyi Maurisio Pochettinoning so'zlariga ko'ra, u "Liverpul"ga qarshi Chempionlar ligasi finalidan so'ng kelajagi haqida to'xtaladi.

"Buyog'iga nima bo'ladi? Buni tushuntira olmayman, klub rahbari bilan suhbatlashish kerak.

Chempionlar ligasi finali ajoyib on bo'ladi. Undan so'ng jamoadagi kelajagim haqida gaplashamiz. Final uchrashuviga tayyor bo'lishimiz kerak. Hozir "Tottenxem" yaxshi formada, ammo hali hech narsa yakunlangani yo'q" - deydi Pochettino.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sports