Pochettino: "Chelsi"ni yutishimizni butun Angliya istamoqda"

Aslanov Jasurbek
3 yanv 2017, 21:14
Tottenxem bosh murabbiyi Maurisio Pochettino Chelsiga qarshi o'yin oldidan o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Turnir jadvalida yuqorilashimiz uchun qo'limizdan kelgan barcha ishni qilishimiz lozim. Ularda yaxshigina ustunlik bor. Ammo, ayni paytda biz oradagi farqni biroz qisqartirishimiz mumkin. Angliyadagi neytral jamoalar bizni qo'llab-quvvatlashadi. Barcha, biz "Chelsi"ni mag'lub etishimizni istamoqda.

"Chelsi" ajoyib formada. Lekin, biz ham so'nggi paytlarda o'zimizga kelib olganmiz va o'z maydonimizda yaxshi natija qayd eta olamiz", - deydi murabbiy.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: chelseanews.ru