Pochettino: "Biz yangi jamoa quryapmiz"

Mirjalol Normatov
10 noya 2019, 11:27
O'z maydonida "Sheffild" (1:1) bilan o'ynalgan durangdan keyin "Tottenxem" ustozi Maurisio Pochettino o'z fikrlarini bidirib o'tdi.

"Menga juda ham qiziq tuyulayotgani, jamoada kerakli balanslar topilmayapti. Garchi dunyoning eng qiyin ikki ligasi - APL hamda YCHLda o'ynayotgan bo'lishimizga qaramasdan mavsum davomida biz kollektivni yangilashimizga to'g'ri keldi. Shu boisdan shunday bosimda biz bunday holatdan chiqib ketishimiz juda qiyin bo'ladi.

Biz ayni damda yangi jamoa va aniq bir maqsadda ishlaydigan kollektiv quryapmiz. Kerakli balans va boshqa ko'plab jihatlarni topish uchun biroz kutish kerak. Ammo hamma narsa ham bosh murabbiyga bog'liq emas", - dedi argentinalik murabbiy.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sky Sports