Pochettino: "Biz "Manchester Siti" darajasida emasmiz"

Aslanov Jasurbek
30 okt 2018, 16:40
"Tottenxem" bosh murabbiyi Maurisio Pochettino "Manchester Siti"ga qarshi bahsdan (0:1) so'ng, ushbu jamoalar o'rtasidagi farq haqida fikr bildirdi.

"O'yindan oldingi matbuot anjumanida aytdim, biz o'zimizni "Manchester Siti" bilan tenglashtira olmaymiz. Biz hali ularning darajasiga etganimiz yo'q. Raqib o'tgan mavsum APL chempioniga aylandi.

"Siti"ning maqsadi - sovrinlar yutish, biz esa e'tiborni boshqa narsalarga qaratganmiz. Klublar o'rtasidagi farq katta emas, ammo ularni hurmat qilishimiz lozim" - deydi Pochettino.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sports