Pochettino: "Agar "Chelsi" MYUga yutqazsa chempionlik poygasida qolamiz"

Narzulla Saydullayev
16 apr 2017, 14:41
Tottenxem ustozi Maurisio Pochettino Chelsi APL 33-turida MYUga qarshi o'yinda bosim ostida qoladi deb hisoblayapti.
Kecha shporlar Bornmutni mag'lub etishdi (4:0) va peshqadam Chelsi bilan farqni 4 ochkogacha qisqartirishdi. London klubi bugun Old Traffordda mehmon bo'ladi.

Maqsadimiz 3 ochko olish edi. Endi agar "Chelsi" MYUga yutqazsa biz chempionlik poygasida qolamiz.

"Chelsi“ bosim ostida bo'ladi, axir "Old Trafford“da g'olib bo'lishi kerak.

Agar Manchestyerdagi o'yindan so'ng 4 ochkolik farq saqlanib qolsa fantastika bo'lardi, - deydi Pochettino.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: mirror.co.uk